31 avg 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Janibek Alimxanuli: "CHarlo bilan WBC kamari uchun jang qilmoqchiman"
O'rta vaznda (72 kggacha) WBO'ning yangi chempioni Janibek Alimxanuli o'zi raqib sifatida ko'rishni istaydigan bokschi nomini aytdi.
"Men CHarlo bilan jang qilib, uning WBC kamarini olib qo'ymoqchiman. Bu oson ish bo'ladi! Hamma biladi, agar men oson ish desam, shunday bo'ladi", - deb yozgan qozog'istonlik bokschi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, avgust oyida amerikalik Demetrius Andrade boshqa divizionga o'tgani sabab, vaqtinchalik WBO kamari sohibi hisoblangan Alimxanuli to'laqonli chempionga aylandi.
Janibek Alimxanuli (12-0) so'nggi bor 22 may kuni britaniyalik Denni Dignam (14-1-1)ga qarshi jang qilgan edi.
Oldinroq, Alimxanulining Demetrius Andrade bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar