11 iyu 18:13
Yangiliklar
Jasko Koach Xotambek Boynazarovga aslida nima bo'lganini aytdi
Musobaqaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida UAE Warriors Ligasi chempioni, hamyurtimiz Xotambek Boynazarov Portugaliya vakili Renjel de Sa bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq turnir oldidan Boynazarovning sog'lig'ida muammolar paydo bo'lgani sababli jang bekor qilindi.
Mangu Ligasi rahbari Jasur Alijonov bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Xotambek Boynazarov vazn o'lchash marosimidan yaxshi o'tdi. Vazn qila oldi. Tiklanish paytida sog'lig'i yaxshi bo'lmagani tufayli shu voqea bo'ldi. Unda bir qator muammolar, jumladan, isitma paydo bo'lgan. Buni bizga Xotambekning murabbiylari tungi 3:00 da aytishdi. Tiklanish bo'lsin, deb unga yana tibbiy tomondan yordam ko'rsatdik. Afsuski, holati yaxshi bo'lmagani sababli jang bekor qilindi. Biz uchun birinchi o'rinda sportchining sog'lig'i", deydi Alijonov.
Fikrlar