22 okt 11:14
Yangiliklar
Tennis

Jasmine Paolini Monastir turniri finalida
Tunisning Monastir shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Musobaqaning ilk yarim finalida dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan italiyalik Jasmine Paolini reytingda o'zidan 4 pog'ona quyida borayotgan ukrainalik Lesya Curenkoni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 4/6, 6/2.
Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 24 daqiqa davom etgan bahsda Paolini 1 ta eys va 8 ta breykka erishib, 4 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar