05 noy 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji: "Korme har doim Maxachevga yon bosadi"
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik chempion Jastin Getji ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Kormeni noxolislikda aybladi.
"Men bunga shunchaki jim qarab tura olmayman. Mikrofon kimning qo'lida bo'lsa, u neytral odamga aylanishi kerak. Korme mening ismimni birinchi tilga oldi. Agar Maxachev men haqimda birinchi gapirganda va Korme bu mavzuni davom ettirganida, bu boshqa gap edi.
Daniel Korme esa har doim Maxachev haqida gapirganda, unga yon bosadi. Boisi, ularning ikkovi bitta zalda shug'ullanishgan. Ammo, sharhlovchi degani neytral va professional bo'lishi lozim", - deydi Jastin Getji.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar