06 noy 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji UFC'ga tahdid qildi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji tashkilot manziliga qarata isyon ko'tarish bilan tahdid qildi.
"CHendler ertaga g'alaba qozongan taqdirida ham, ular endi unga chempionlik jangini berishmaydi. SHunchaki, u birinchi safar kerak payt, kerakli joyda bo'lib qolgandi. Men esa oldin ham aytganman, agar shu jangdan keyin ham chempionlik jangi menga berilmasa, biz isyon ko'taramiz. UFC'ga qarshi urush ochiladi.
Men bu erda bir umr bo'lmayman, shu sabab ham, agar bu safar ham meni aylanib o'tadigan bo'lishsa, biror jiddiy ishga qo'l uraman. Agar shanba kuni g'alaba qozonsam, bu ishda men bilan birga bo'lasizlar deb o'ylayman", - deydi Jastin Getji.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar