29 iyu 17:56
Yangiliklar
Dzyudo, Parij-2024
Jazoirlik dzyudochi Parij Olimpiadasida isroillik raqibiga qarshi jang oldidan diskvalifikaciya qilindi
22 yoshli jazoirlik dzyudochi Messaud Reduan Dris (73 kg) bugun Isroil vakili Toxar Butbul bilan bahs olib borishi lozim edi.
Biroq musobaqa oldidan o'tkazilgan vazn o'lchash marosimida Dris 73 kg vazn meyoridan ortiqcha tosh bosgan.
Tashkilotchilar buning oqibatida Drisni o'yinlardan chetlatdi va Butbul avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oldi.
Malumot uchun, mazkur vazn toifasida O'zbekiston sharafini Jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Murodjon Yo'ldoshev himoya qildi va ikkinchi bosqichda imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : sport24.ru
Fikrlar