26 okt 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH-2021: Britaniyalik jurnalist o'zbek bokschisi jahon chempioni bo'lishini taxmin qilmoqda
Britaniyalik jurnalist Teylor O`Xiggins jahon chempionatida -48 kg vazn toifasidagi holat bo'yicha o'z tazminini bildirdi.
O`Xigginsning so'zlariga ko'ra, Temirtas 48 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida musobaqaning chorak finaliga qadar etib boradi va u erda katta ehtimol bilan O'zbekiston vakili Nodirjon Mirzahmedov bilan uchrashadi.
«-48 kilogramm: chorak finalda Mirzahmedov va Jusupov o'rtasidagi jang tomosha qilish kerak va g'olib oltin medalni qo'lga kiritishi mumkin. Men ushbu jangda o'zbekistonlikka ustunlik beraman va u finalda qirg'izistonlik Turkbay uluni mag'lub etadi, deb o'ylayman. Qozog'iston hali yosh bo'lgan Sobit o'rniga Jusupovni tanlaganidan biroz xafa bo'ldim, ular oxirgi marta to'qnash kelganlarida Sobit g'alaba qozongan», — deb yozdi Teylor Twitter'da.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar