07 okt 09:15
Yangiliklar
Dzyudo
JCH-2022. Bugun dzyudochilarimiz qaysi raqiblarga qarshi boshlashadi?
Bugun Toshkentdagi jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari o'tkaziladi.
Musobaqa dasturiga ko'ra, bugun erkaklar o'rtasida -66 kg, ayollar o'rtasida esa -52 kg vazn toifasida medallar uchun kurash kechadi. Unda uch nafar hamyurtimiz bahs olib boradi.
Unga ko'ra, vakillarimiz chempionatni quyidagi sportchilarga qarshi boshlashadi:
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Salimata Fofana (Kot d'Ivuar) / Larissa Pimenta (Braziliya) (3-bosqich)
-52 kg: Sita Kadambaeva - Yoana Diogo (Portugaliya) (2-bosqich)
-66 kg: Sardor Nurillaev - Bogdan Yadov (Ukraina) (2-bosqich)
Bellashuvlar soat 10:30dan boshlab "Humo Arena"da start oladi. O'zbek dzyudochilarining ishtiroki esa taxminan 11:00dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar