So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

10 okt 18:00
Yangiliklar

Dzyudo

JCH-2022. Davlat Bobonov - jahon chempioni!

Toshkentda dzyudo bo'yicha 35-jahon chempionati davom etmoqda.

Bugun, 10 oktyabr kuni uch nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi. Erkaklar o'rtasida -90 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasi sovrindor Davlat Bobonov, ayollar o'rtasida esa -70 kg vaznli Gulnoza Matniyazova hamda SHohista Nazarova yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Etiborlisi, -90 kg vazn toifasida erkaklar o'rtasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Davlat Bobonov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi.


Sportchilarimizning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


SAHIFANI YANGILASH


Final bahsini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bevosita "Humo Arena"dan kuzatib bordi. 


Davlat Bobonov jahon chempioni! U uchta shido evaziga italiyalik raqibidan ustun keldi!


Final blok start oldi. Avvaliga ayollar o'rtasida -70 kg vazn toifasidagi dzyudochilarning medallar uchun kurashlari o'tkaziladi. Undan so'ng erkaklar o'rtasida medallar uchun bahs boshlanadi. 


Bobonov finalda italiyalik Kristian Parlatiga qarshi kurashadi. Ushbu bahs taxminan 17:30dan so'ng boshlanadi. 


-70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza uchun o'tish jangida germaniyalik Miriam Butkereitga qarshi kurashdi va muddatidan oldin yutqazdi. SHu tariqa Matniyazova musobaqadagi ishtirokini yakunladi. 


-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov gruziyalik Lasha Bekaurini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!


Bobonov yarim finalda gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi, Matniyazova esa bronza uchun o'tish bahsida germaniyalik Miriam Butkereitga qarshi kurashadi.


Gulnoza Matniyazova chorak finalda xorvatiyalik Barbara Matichga qarshi kurashdi va afsuski imkoniyatni boy berdi. Lekin bronza uchun hali imkoniyat bor. U o'tish bosqichida qatnashadi.


-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov chorak finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi tatamiga chiqdi va IPPON evaziga g'alabaga erishdi!


-70 kg vaznli Gulnoza Matniyazova uchinchi bosqichda turkiyalik raqibasini Golden Score'da IPPON evaziga mag'lub etdi! CHorak final!


-90 kg vaznli Davlat Bobonov koreyalik Jeu Op Xanga qarshi tatamiga chiqdi va IPPON evaziga g'alaba qozondi! U chorak finalga yo'l oldi!


-70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova britaniyalik raqibasi Peterson Pollardni shidolar evaziga mag'lub etdi va uchinchi bosqichga yo'l oldi.

-90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov slovakiyalik raqibidan ustun keldi


-70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova amerikalik raqibasini mag'lub etdi.


Afsuski, -70 kg vaznli SHohista 40 soniya ichida yutqazdi. 


Bugun o'zbek sportchilarining ishtirokini SHohista Nazarova boshlab beradi. U birozdan so'ng Xitoy Taypeyi vakilasiga qarshi kurashadi. 


Dzyudochilarimiz JCHni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-90 kg: Davlat Bobonov - Peter Zilka (Slovakiya)

-70 kg: Gulnoza Matniyozova - CHantal Rayt (AQSH)

-70 kg: SHohista Nazarova - YU Jung Liao (Xitoy Taypeyi)

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing