24 iyu 12:29
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi, Ispaniya terma jamoasi sardori Rodri jarohat sabab bir necha oyga safdan chiqish xavfi ostida turibdi.
"The Guardian" nashri xabariga ko'ra, "Oltin to'p — 2024" sohibi belidagi muammolardan aziyat chekmoqda va bu jarrohlik amaliyotini talab qilishi mumkin.
30 yoshli xavbekning "Real"ga o'tishi xavf ostida qolishi mumkin. Avvalroq tomonlar shartnomaning shaxsiy shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.
JCH-2026da Rodri Ispaniya tarkibida chempionlikni qo'lga kiritdi va FIFA tomonidan turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, sovrinni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar