22 jan 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessika Andrade Loren Myorfini mag'lub etdi va UFC'dan Veyli Jang bilan jang tashkil qilib berishni so'radi
Loren Myorfi - Jessika Andrade jangi yakuniga etdi.
Musobaqaning asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi jang ayollar o'rtasida yarimengil vazn toifasida o'tkazildi. Unda AQSH vakilasi Loren Myorfi hamda braziliyalik Jessika Andrade to'qnash keldi. Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning qarori bilan Jessika Andrade g'alaba qozondi. Bu Andrade uchun 24-g'alaba bo'ldi, Myorfi uchun esa 5-mag'lubiyat.
Takidlash lozim, Loren Myorfi 2020 yil Abu-Dabida (BAA) tashkil etilgan UFC 254 musobaqasi doirasida hamyurtimiz Liliya SHakirovaga qarshi jang qilib, g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar