11 avg 08:58
Yangiliklar
Tennis
Jessika Pegula Monrealdagi turnirning 1/8 finalida raqibasiga to'rtta geym berdi
Kanadaning Monreal shahrida mukofot jamg'armasi 2,788,468 dollarni tashkil etuvchi turnir bo'lib o'tyapti.
Sayyoramizning uchinchi raketkasi amerikalik Jessika Pegula turnirning uchinchi bosqichida WTA reytingida 49-o'rinni egallab turgan italiyalik Jasmin Paolini ustidan g'alaba qozondi - 6/4, 6/0.
Uchrashuv bir soatu 10 daqiqa davom etdi. Tennischilar beshinchi marta o'zaro o'ynashdi. Ushbu uchrashuvlarning barchasida amerikalik tennischining qo'li baland kelgan.
Pegulaning Kanadadagi musobaqaning chorak finalidagi raqibasi hamyurti Kori Goff yoki chexiyalik Marketa Vondroushova bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar