14 avg 09:16
Yangiliklar
Tennis
Jessika Pegula Monrealdagi WTA-1000 turniri g'olibasiga aylandi
Kanadaning Monreal shahri mezbonlik qilgan tennis bo'yicha WTA-1000 turniri yakuniga etdi.
Sayyoramizning uchinchi raketkasi amerikalik Jessika Pegula turnir finalida WTA reytingida 18-pog'onani egallab turgan rossiyalik Lyudmila Samsonovaga qarshi kortga chiqdi.
50 daqiqa davom etgan uchrashuvda Pegula raqibasiga bittagina geym berdi. O'yinda 6/1, 6/0 hisobi qayd etildi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarda hisob amerikalik tennischi foydasiga 3:1 ko'rinishiga keldi.
Kanadadagi g'alaba uchun Pegula 900 reyting ochkosi va 454 500 dollar mukofot puliga ega bo'ladi. Amerikalik sportchi uchun bu uning faoliyatidagi uchinchi chempionlik unvonidir.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar