16 okt 12:17
Yangiliklar
Tennis
Jessika Pegula Seul turniri g'olibasi!
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Jessika Pegula Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida yakunlangan WTA turniri chempioniga aylandi.
Amerikalik tennis malikasi final uchrashuvida WTA reytingida 128-pog'onada borayotgan xitoylik Yue Yuanni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Pegula 1, Yuan 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar har ikki tennischida 2 tani tashkil qilgan. Jessika 6, Yue 2 ta breyk qayd etdi. Hana Bank Korea Open turniridagi ishtirok Pegulaga 280 reyting ochkosi hamda 34,228 dollar mukofot puli keltirdi. Bu amerikalik uchun faoliyatidagi to'rtinchi WTA sovrini bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar