11 okt 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol Bahodir Jalolovni mag'lub etishi haqida aytishdi. Promouter esa bunga keskin javob qaytardi
Brunch Boxing podkasti boshlovchisi Jeyk Pol va Bahodir Jalolov o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
Boshlovchi bu jang haqida shunday dedi: "Jeyk Pol Bahodir Jalolovni mag'lub eta olgan bo'lardi".
Bu postga esa Bahodir Jalolovning promouteri Lu Dibella keskin javob qaytardi: "Yo'q, mag'lub eta olmagan bo'lardi. Jalolov uni tezda uxlatib qo'yadi, agar narigi dunyoga jo'natib yubormasa..."
Eslatib o'tamiz, video bloger Jeyk Pol prof boksda 13 ta jang o'tkazib ulgurdi. U 12 ta jangda g'alabaga erishgan. Mag'lub etgan bokschilari orasida Mayk Tayson ham bor. Faqatgina bitta jangda - Tommi Fyuriga qarshi kechgan jangda imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq Jeyk Pol 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ham ishtirok etish istagi borligini aytgandi.
Havola :
Manba : offside_kz
Fikrlar