So’nggi yangiliklar

07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0 18:06Саидёқуб Қаҳрамоновнинг Тожикистондаги жанги тўлиқ давом этди ва кутилмаган натижа билан тугади 0 17:47Келдиёрова Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги мағлубиятига изоҳ берди 0 17:12Суперлига. Бироздан сўнг 26-турга старт берилади 0 16:41Усман Нурмагомедов расман эркин агентга айланди 0 16:03UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жанги эълон қилинди 0 15:28Шон Брэди марказий жангдан ечилди 0

31 iyu 11:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Jeyk Polning MVP kompaniyasi PFL ligasini sotib olmoqda

"Bellator MMA"ning sotib olinishi PFL ligasiga aralash yakkakurashlar (MMA) sanoatida o'z o'rnini saqlab qolishga yordam bermadi va yaqin orada tashkilot o'zining hozirgi ko'rinishida faoliyatini to'xtatadi.

"Most Valuable Promotions" (MVP) promouterlik kompaniyasi va PFL tomonidan elon qilingan press-relizda yangi birlashgan tashkilot tuzilgani malum qilindi. U MVP nomi ostida faoliyat yuritib, "jahon darajasidagi boks va aralash yakkakurashlarni birlashtiradi hamda sportchilar manfaatlariga yo'naltiriladi".

"Yakkakurashlar kelajagi etib keldi. MVP`ga xush kelibsiz", — deyiladi press-relizda.

Kutilishicha, kelgusi taqvim yil boshiga kelib, PFL ligasi o'zining hozirgi ko'rinishida yangi MVP tashkilotiga to'liq integraciya qilinadi va uning brendi muomaladan chiqariladi.

Kompaniyani Jeyk Pol, uning biznes hamkori Nakisa Bidarian, shuningdek, PFL bosh direktori Jon Martin boshqaradi. Martin birlashgan kompaniya rahbari lavozimini egallaydi va direktorlar kengashiga kiradi. Bidarian esa boks yo'nalishi va tadbirlarni o'tkazishga masul bo'ladi.

Elon qilingan malumotlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi press-relizning vizual dizayni gap aynan PFL ligasining yutilishi (sotib olinishi) haqida ketayotganiga shubha qoldirmaydi.

Joriy yilning may oyida MVP promouterlik kompaniyasi o'zining ilk aralash yakkakurashlar turnirini o'tkazgan edi. Unda asosiy jang sifatida ayollar o'rtasida yarim engil vazn toifasida Ronda Rouzi va Jina Karano o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Netflix orqali translyaciya qilingan tadbir muvaffaqiyatli deb topildi va MVP rahbarlarining so'zlariga ko'ra, UFC bilan jiddiy raqobat uchun asos bo'ldi.

Ushbu hafta PFL ligasi Nyu-Yorkda o'zining so'nggi turnirlaridan birini o'tkazadi. Turnirning markaziy jangida rossiyalik Usman Nurmagomedov engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini amerikalik Archi Kolganga qarshi himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing