07 sen 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Polning navbatdagi raqibi va jang sanasi rasman malum bo'ldi
Amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali navbatdagi jangi bo'yicha malumot berdi.
Unga ko'ra, Jeyk Pol 30 oktyabr kuni UFC sobiq chempioni, braziliyalik Anderson Silvaga qarshi jang qiladi. Ushbu boks kechasi Finiks shahri (AQSH)da bo'lib o'tadi. Jang sakkiz raund etib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol so'nggi bor 2021 yil 19 dekabrda Tayron Vudliga qarshi jang qilgan edi.
Ilagiriroq, Jeykning Hasim Rahmon Junoirga qarshi jangi bekor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar