So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

24 may 15:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Jizzax viloyatida boks bo'yicha xalqaro musobaqa yakuniga etdi

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida viloyat ochiq turniri musobaqasi yakuniga etdi.

Ushbu musobaqa Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari, Zafarobod tuman hokimligi, Jizzax viloyati boks federaciyasi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman kengashi, Zafarobod tuman Moliya bo'limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Musobaqada Qozog'iston va Tojikiston Respublikalari, Andijon, Farg'ona, Toshkent va Jizzax viloyatlaridan tashrif buyurgan 320 nafardan ortiq sportchi yoshlar qatnashdi.

Turnirda 2003-2004 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida 11 ta vazn toifasida, 2005-2006 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida 8 ta vazn toifasi bo'yicha o'tgan qizg'in bellashuvlar yakuniga ko'ra Jizzax viloyati jamoasi birinchi, Toshkent viloyati ikkinchi, Tojikiston Respublikasi jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari hamkorlar tomonidan tasis etilgan esdalik sovg'alar, I-II-III-darajali medal va diplomlar, qardosh davlat murabbiylari esa viloyat va tuman hokimligining ramziy sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing