22 may 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39126_220.jpg)
Jizzaxda boks musobaqasi o'tkazilmoqda
Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi BO'SMda boks bo'yicha 2003-2004, 2005-2006 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida viloyat ochiq turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada shuningdek qo'shni Qozog'iston, Tojikiston Respublikasi, Jizzax, Andijon, Farg'ona, Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan 320 nafardan ortiq sportchi yoshlar ishtirok etishmoqda. Kecha turnirning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyat xokimligi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilari, taniqli murabbiy va sportchilar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yosh sportchilar o'zbek boksi yulduzlari Bahodir Jalolov va Isroil Madrimovlardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar