So’nggi yangiliklar

20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 17:30Осиё ўйинларининг илк кунини битта медаль билан якунладик 0 13:30Ўзбекистон Аичи-Нагоя Осиё ўйинларидаги илк медалини қўлга киритди 0 09:57"Бу адолатдан эмас". Рафинья "Олтин тўп" номинантлари рўйхатида йўқлиги ҳақида гапирди 0 09:42Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 5-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:59Рамазон Темировнинг вазнида чемпион ўзгармай қолди 0 08:14Арман Царукян тирсак зарбасини билан рақибини нокаут қилди 0 07:51Туркия. Шомуродов дубл қайд этган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабани тантана қилди 0 21:00Туркия ва Аргентина мағлуб этилди. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-тури Ўзбекистон учун қандай ўтди? (барча натижалар) 0 19:40Шаҳобиддин Эгамов Тошкентда чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 1 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0

17 noy 16:22
Yangiliklar

Engil atletika

Jizzaxda “Talaba – yugur!” sport musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  JizzaxMarafon
O'zbekiston Davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 33 yilligi oldidan o'tkazilgan 3 kilometrlik marafon – yugurish musobaqasi Jizzax shahridagi sanoat zonasida tashkil etilib, unda viloyatdagi 5 ta oliy talim muassasalari talabalari hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

9 oktyabrdan 30 noyabriga qadar mamlakatimizning 14 ta shahrida “Talaba – yugur!” nomli yugurish musobaqalari o'tkazilishi va unda oliy o'quv yurtlarining talaba-yoshlari hamda professor-o'qituvchilari ishtirok etishi ko'zda tutilgan edi.

Musobaqa O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovaciyalar hamda Sport vazirliklari, Engil atletika federaciyasi, “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integratori UZINFOCOM” masuliyati cheklangan jamiyati va O'zbekiston Talabalar sporti associaciyasi hamkorligida tashkil etildi.  

– “UZINFOCOM” kompaniyasi Engil atletika federaciyasi bilan hamkorlikda O'zbekistondagi yugurishga bag'ishlangan birinchi elektron platformani ishga tushirganidan xabaringiz bor, albatta, – deydi musobaqa bosh hakami, O'zbekiston Engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari SHuhrat Usmonov. – Yugur.uz – xalqaro va respublika yugurish musobaqalarini tashkil etish imkoniyatlarini ochib berib, onlayn ro'yxatdan o'tish jarayonlarini soddalashtirgan holda ushbu musobaqada Jizzax shahridagi oliy talim muassasalarining 1 mingga yaqin talaba va o'qituvchisi ishtirok etish istagini bildirib ro'yxatdan o'tdi. Platforma sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va yoshlarni muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishga jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 33 yilligi oldidan o'tkazilayotganligi alohida tahsinga loyiq.

Mazkur musobaqada Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax politexnika instituti, “Sambhram” universiteti, O'zbekiston Milliy hamda Qozon Federal universitetlari Jizzax filiallari professor-o'qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ayniqsa, ushbu sport bellashuvida Jizzax politexnika institutining 200 ga yaqin talaba-yoshlari, professor-o'qituvchilari hamda xodimlari barchaga o'rnak bo'lgan holda bir jamoa bo'lib ishtirok etganini ham shu o'rinda takidlab o'tish lozim.

Musobaqa yakuniga ko'ra, birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan, har bir kursdan 12 nafar talaba yigit, 12 nafar qiz, 3 nafar erkak va 3 nafar ayol o'qituvchi-professor pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing