21 iyu 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Smit Beterbievdan uchralgan tezkor mag'lubiyatga munosabat bildirdi
Amerikalik bokschi Jo Smit Artur Beterbievga qarshi jangdagi nokautli mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Eng avvalo meni va faoliyatimni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman, har biringiz uchun kurashish menga yoqadi. Ortda qolgan hafta men rejalashtirganimdek bo'lmadi. Jang vaqtida diqqat-etiborni yo'qotib qo'ydim. Xatoga yo'l qo'ydim va buning oqibatida muvozanatni yo'qotdim. O'zimni oqlamoqchi emasman. CHuqur nafas olib, xotirjamlik bilan boksga qaytishim kerak edi. SHunchaki jang qilmoqchi edim, bu esa meni qopqonga tushirdi.
Jonim bilan barcha sovrinlarni siz uchun uyga olib kelardim. Tanaffus qilib, kelajak bo'yicha qarorga kelmoqchiman", - deb yozdi Smit.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar