So’nggi yangiliklar

17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0

26 sen 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Joel Dias: "Ruslan Abdullaev kelasi yildayoq jahon chempioni bo'lishi mumkin"

Havaskorlar o'rtasida jahon chempioni, professional ringda uchta jang o'tkazgan hamyurtimiz Ruslan Abdullaev 2026 yildayoq asosiy kamarlardan birini qo'lga kiritishi mumkin.

Bu fikrni turli davrlarda beshta jahon chempioni bilan ishlagan mashhur murabbiy, bir necha yildan beri Kaliforniyadagi bokschilarimizga ustozlik qilib kelayotgan Joel Dias bildirgan.

"Bunday yigitlar boksda har o'n yilda bir marta paydo bo'ladi, - dedi Dias Abdullaev haqida The Ring nashriga bergan intervyusida. - "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi Ruslanni kelajagi porloq bokschi sifatida ko'rayotgani juda yaxshi. Professionallar safida tajribasi kam bo'lishiga qaramay, u allaqachon kuchli raqiblar bilan to'qnash kelmoqda. Bu esa promouterlarning unga ishonishi va katta rejalari borligidan dalolatdir. Ruslan timsolida katta salohiyatni ko'ryapman. U texnikasi juda yuqori, ko'p qirrali jangchi. Uning kuchli zarbasi bor, hujum va himoyada mahorati ham yuqori. Abdullaev jismonan kuchli, chaqqon va aqlli. U kelasi yili oltita jang o'tkazib, chempion bo'lishi aniq - u allaqachon shu darajaga etgan".

Kelasi oyda 23 yoshni qarshilaydigan Ruslan Abdullaev 2023 yilda -63,5 kg vazn toifasida jahon chempionatining oltin medaliga sazovor bo'lgan. U professional ringdagi debyutini shu yilning mart oyida o'tkazib, ikkinchi raundda Xose Alvarado (3-19-1, 2KO)ni nokautga uchratgandi. Ushbu mag'lubiyat Alvarado faoliyatidagi ilk muddatidan oldingi mag'lubiyat bo'lgan edi.

Ruslan Abdullaev professional boksdagi ikkinchi jangida Jino Rodrigo (13-4-2, 11KO)ni bir ovozdan (barcha hakamlik yozuvlarida 80-71) mag'lub etgan bo'lsa, uchinchi jangida Kevin Jonson (12-7, 8KO)dan ham hakamlarning yakdil qarori bilan (80-72, 79-73, 79-73) ustun kelgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing