26 jan 08:02
Yangiliklar
Tennis
Jokovich 10-marta Australian Open yarim finaliga chiqdi. U har doim bu bosqichga chiqish orqali chempionlikni qo'lga kiritgan
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich Australian Open-2023 chorak finalida rossiyalik Andrey Rublyovni mag'lub etdi.
Uchrashuv Melburndagi markaziy kortda, «Rod Leyver Arena»da bo'lib o'tdi. Jokovich uch setda 6/1, 6/2, 6/4 hisobida raqibidan ustun keldi.
35 yoshli serbiyalik tennischi faoliyati davomida 10-marta Avstraliya ochiq chempionatining yarim finaliga chiqdi. Jokovich finalga chiqqan yillarning barchasida g'alaba qozongan. Novak 2008, 2011, 2012, 2013, 2015, 2016, 2019, 2020, 2021 yillarda Australian Open g'olibiga aylangan. So'nggi finalda Jokovich rossiyalik Daniil Medvedevni 7/5, 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etgandi.
Jokovich 2023 yilgi musobaqaning yarim finalida amerikalik tennischi Tommi Polga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar