So’nggi yangiliklar

14:33Хоакин Бакли Нурсултон Рўзибоевнинг ҳаракатларини баҳолади 0 14:12Ўзбекистон Astana Barysy Grand Slam`да 84 давлат орасида нечанчи ўринни эгаллади? 0 13:51"Реал" раҳбарларининг Мбаппега қанча бонус тўлаши маълум 0 13:30UFC'да яна бир ўзбекистонлик пайдо бўладими? ММА жангчимиз Дана Уайт билан кўришди + ВИДЕО 0 13:09Мария Саккари Рим турнирида 1/8 финалга чиқди 0 12:48Ислам Махачев октагонга чиқадиган UFC 302 турнирининг яна бир жанги тасдиқланди 0 12:27Суперлига. Бугун 7-турдан ўрин олган яна 2 та учрашув бўлиб ўтади 0 12:0618+. Матеуш Ребецкининг кечаги жангдан кейинги ҳолатини кўрдингизми? + ФОТО 0 11:45WBC Девин Хейнининг навбатдаги жангига буйруқ берди 0 11:24Нодирбек Абдусатторов Superbet Poland Rapid & Blitz турниридан қанча гонорар ишлаб олди? Қолганларчи? 0 11:03"Бавария" Лондон клуби футболчисига деярли 70 млн евро тўлашга тайёр 0 10:42Internazionali BNL d'Italia. Соболенконинг WTA 1000 турнирларидаги 90-ғалабаси! 0 10:21Жангга 5 кун қолганда Фьюрининг жисмоний ҳолати қандай? (+ФОТО) 0 10:00Хоакин Бакли: "Менимча, рефери Нурсултоннинг ғалабасига пул тиккан эди" 0 09:39Симеоне испан футболида ноёб рекорд ўрнатди 0

01 iyu 17:50
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Jokovich bilan o'ynagan G'ofur Ismoilov, umrbod chetlatilgan Temur Ismoilovdan Jo'rabek Karimov davrigacha. XXI asrda O'zbek tennischilarining "Rolan Garros Junior"dagi ishtiroki qanday bo'lgan?

Bugun Franciya poytaxti Parijda tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" tasnifiga kiruvchi yoshlar o'rtasidagi "Rolan Garros" turnirining saralash bahslari start oladi.

Biroz avval Olamsport.com saytida ushbu turnirda o'zbekistonlik Amir Milushev ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. Uch yillik tanaffusdan so'ng "Rolan Garros Junior"da yana o'zbek tennischilari kortga chiqadi.

Xo'sh, ushbu "Katta Dubulg'a" turniridagi natijalarimiz qanday bo'lgan? Bugun ushbu turnirda XXI asrdagi ishtirokimizga to'xtalamiz...




— "Rolan Garros Junior" turnirida ilk bor 2003 yilda G'ofur Ishmatov o'zbek tennischilari orasida birinchi bo'lib ishtirok etadi. O'sha paytda 16 yosh bo'lgan G'ofur saralashning ilk bosqichida misrlik Omar Xedayatni mag'lub etadi. Ikkinchi bosqichda esa o'sha paytda dunyo tennisi qiroli bo'lishini o'zi ham bilmagan serbiyalik (O'sha paytda Yugoslaviya) Novak Jokovich bilan duch keladi. Uchrashuvda Jokovich 7/5, 6/0 hisoblarida g'alaba qozonadi. Qizig'i, asosiy to'rdagi ikkita bosqichda ham qiyinchiliksiz g'olib bo'lgan Jokovich chorak final yo'lida mag'lubiyatga uchraydi. O'sha yili musobaqada shveycariyalik Sten Vavrinka g'alaba qozonadi. Uning kecha "Rolan Garros"ni ikkinchi davrada yutqazib, tark etganidan xabaringiz bo'lsa kerak.




Keyin esa orada naq sakkiz yillik tanaffus yuzaga keldi. 2005 yillarda o'zbek tennisida Istomin etishib chiqdi, ammo u birato'la katta tennisga qadam qo'ya qoldi.

— 2012 yilda esa yosh Temur Ismoilov "Rolan Garros"dagi omadini sinab ko'radi. U saralash raundida birinchi raqamli tennischi sifatida qayd etilganiga qaramay, birinchi bosqichdayoq xorvatiyalik Filip Vegarga yutqazadi. Ismoilov o'smirlar dunyo reytingida 28-o'ringacha etib bordi. Ammo uning karerasi kutilganidek chiqmadi. Ikki yil oldin esa u haqdagi kutilmagan yangilikni o'qigan bo'lsangiz kerak: O'zbekistonlik tennischi umrbod chetlatildi: sababi - kelishilgan o'yinlar!...





— Bir yillik tanaffusdan so'ng, 2014 yilda o'zbek tennisiga "yorib kirgan" Jo'rabek Karimov o'z davrini boshlaydi. Ammo bu biroz omadsiz chiqadi. Jo'rabek saralashning birinchi bosqichida argentinalik Jordi Arknoadani (13) engadi. Ikkinchi bosqichda janubiy koreyalik Syong CHan Xongga mag'lub bo'lishiga qaramasdan, Jo'rabekka Lucky loser (mag'lubiyatga uchragan, ammo omadli tennischi) yo'llanmasi beriladi va u asosiy to'rga yo'l oladi. Asosiy to'rdagi ilk o'yinda esa Karimov braziliyalik Marselo Zormann oldida ojiz qoladi...





— 2015 yil. SHu bilan, o'zbek tennisidagi eng yorqin davrlar boshlanadi. Bir yil ichida o'z reytingini sezilarli kuchaytirib olgan Jo'rabek Karimov endi asosiy to'rdan bahslarga kirishadi. Birinchi bo'lib franciyalik Maksime Petel, keyin esa janubiy koreyalik Syong CHang Xonni engadi va o'ziga xos revansh oladi. Afsuski, hamyurtimiz chorak final yo'lida hozirda dunyoning o'n ettinchi raqamli tennischisi bo'lmish Tommi Polga yutqazib qo'yadi.





— 2016 yil. SHu yili yoshlar o'rtasidagi "Rolan Garros" turnirida naq ikki nafar tennischimiz ishtirok etadi: Humoyun Sultonov va Jo'rabek Karimov. Ularning ikkisi ham asosiy to'rdan boshlaydi. Humoyun Sultonov ilk o'yinida franciyalik Karentin Mutetga mag'lub bo'lib musobaqani tark etadi, Jo'rabek esa yana "o'zini ko'rsatadi". U asosiy to'rning birinchi bosqichida italiyalik Liam Karuanani, ikkinchi bosqichda esa isroillik Ishai Olelni mag'lub etadi. Afsuski, yana uchinchi raundda mag'lub bo'ladi Jo'rabek. Bu safar kanadalik Feliks Ojedan! O'sha yili Oje finalga qadar etib borib, franciyalik Jeffri Blankaneuga mag'lub bo'lgan edi.





— 2018 yil. Bir yillik tanaffusdan so'ng Sergey Fomin "o'yinga kirdi". Humoyun va Jo'rabek esa endi katta tennis vakillari edi! Fomin saralashning birinchi bosqichida yaponiyalik Taysei Ichikavani, ikkinchi bosqichda esa franciyalik Maksens Bejeni musobaqadan chiqarib yuboradi. Hamyurtimiz asosiy to'rning ilk raundida chexiyalik Ondrey Staylerni ham mag'lub etadi. Ammo ikkinchi raundda amerikalik tajribali Tristyan Boyer oldida ojiz qoladi. Umuman olganda, birinchi ishtirok uchun bu ajoyib bo'lgan edi.





— 2019 yil. Bu safar ham Fomin kortga chiqdi. Ammo juda omadsiz bo'ldi. Reyting ochkolari sabab Sergey o'z ishtirokini asosiy to'rdan boshladi. Ammo birinchi raundning o'zida yaponiyalik SHintaro Mochizukiga mag'lub bo'lib, musobaqani tark etadi. O'sha yili Mochizuki yarim finalga qadar etib borgan edi.




SHu bilan tennisimizdagi qora kunlar boshlandi va uch yillik tanaffus yuzaga keldi. Albatta bunga sabablar talaygina. Birinchisi bu yurtimizdagi tennis musobaqalarining keskiy kamayganidir. Aynan shu musobaqalar bizga ko'pgina iqtidorlarni kashf etib bergan edi.

— Ikkinchi yildirki, O'zbekistonda yoshlar o'rtasidagi tennis musobaqalari ko'payib bormoqda. Va bu o'zining ilk effektini bermoqda: bugun 17 yoshli Amir Milushev o'zbek tennischilari orasidagi uch yillik tanaffusdan so'ng "Rolan Garros Junior" turnirida kortga chiqadi. Uning o'yinlarini biz ilk bor "Devis Kubogi"da AQSHga qarshi ko'rgan edik. Ishonamizki, Amir bugun ham huddi shu tarzda, o'ziga ishongan holda o'yin ko'rsatadi!





Diyorbek Mavlonov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing