03 mar 16:51
Yangiliklar
Tennis
Jokovich ketma-ket 20-uchrashuvida g'alaba qozonib, Dubay turniri yarim finalchisiga aylandi
BAAning Dubay shahri mezbonlik qilayotgan ATR-500 toifasidagi turnirning yarim finalchilari aniqlandi.
Sayyoramizning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich turnirning chorak finalida ATR reytingida 11-o'rinda borayotgan polshalik Xubert Xurkachni mag'lub etdi.
Bir soatu 20 daqiqa davom etgan uchrashuvda Jokovich 6/4, 7/5 hisobida g'alaba qozondi. SHu tariqa, serbiyalik tennischi o'zaro o'yinlardagi hisobni o'z foydasiga 5:0 ko'rinishiga keltirdi. Bu Jokovich uchun ketma-ket 20-g'alaba bo'ldi. U noyabrdagi "Masters" musobaqachidan beri yutqazmayapti.
Dubai Duty Free Tennis Championships turnirining yarim finalida Jokovich Daniil Medvedevga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar