07 iyu 10:51
Yangiliklar
Jokovich "Rolan Garros"dagi 90-g'alabasini tantana qildi
Bu Jokovich ushbu ko'rsatkichga erishgan birinchi "Katta Dubulg'a" turniridir.
Qolgan uchta "Katta Dubulg'a" turnirida esa u bu ko'rsatkichga yaqin turibdi: har bir "Katta Dubulg'a" turnirlarida serbiyalik sportchi 80 dan ortiq uchrashuvda g'alaba qozongan. Tarixda hech bir tennischi bunday barqaror yuqori o'yin ko'rsatmagan.
Novak Jokovichning "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi g'alabalari soni:
"Rolan Garros" - 90;
Australian Open - 89;
Uimbldon - 86;
US Open - 81.
Eslatib o'tamiz, Novak Jokovich o'zining 12 - "Rolan Garros" yarim finaliga chiqdi va bu uning faoliyatidagi “Katta Dubulg'a” turnirlaridagi 45-yarim finali bo'ladi. Faqat shveycariyalik afsonaviy Rojer Federer 46 martadan ortiq yarim finalga chiqqan.
Fikrlar