14 iyu 20:45
Yangiliklar
Jokovich - Sinner uchrashuvida "Uimbldon"ning ilk finalchisi aniqlandi + FOTOGALEREYA
Birinchi 1/2 final uchrashuvida dunyoning ikkinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich ATP reytingida 8-o'rinni egallab turgan italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 49 daqiqa davom etgan bahsda Novak raqibini 6/3, 6/4, 7/6(4) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi sifatida tarixga kirdi - 3:0.
Yarim final statistikasi:
Eyslar: Jokovich - 11, Sinner - 8
Qo'shxatolar: Jokovich - 0, Sinner - 3
Breyklar: Jokovich - 2, Sinner - 0.
Etiborlisi, Novak faoliyatida beshinchi bor Uimbldon turnirining finaliga yo'l oldi. U ushbu turnirda qatorasiga 34-g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning finaldagi raqibi Karlos Alkaraz (Ispaniya) - Daniil Medvedev (Rossiya) bahsida aniqlanadi.
Fikrlar