08 avg 10:28
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Jokovichni mag'lub etgan tennischi liftda 40 daqiqa qamalib qoldi
Dunyoning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovichni Olimpiada bahslarining ilk bosqichida mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv ko'targan Xuan Martin Del Potro liftda qamalib qoldi.
Argentinalik tennischi aynan Jokovichga qarshi kechadigan uchrashuvga ketayotgan paytda mehmonxonaning liftida qamalib qolgan. Tennischining agenti Xorxe Vialining aytishicha, Xuan Martin liftda 40 daqiqani o'tkazgan.
Keyin esa uni gandbol bo'yicha Argentina terma jamoasi azolarining yordami bilan bandilikdan “ozod” qilishgan.
Havola :
Fikrlar