08 iyu 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons: "Mening oktagondagi ishlarimni sen qila olmaysan"
Yarimog'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jons Frensis Ngannuning so'zlariga munosabat bildirdi.
Frensis Ngannu UFC 276 turnirida g'alaba qozongan Israel Adesanyani o'zining ehtimoliy raqibi ekanligini aytgan edi. Bunga esa Jon Jons keskin munosabat bildirdi.
"Etibor bering, Frensis Elzani himoya qilyapti — bu juda yoqimli. Men yana ikki yilga ketishim mumkin, sen shunda ham mening oktagonda qilgan ishlarimni bajara olmaysan", - deb yozgan Jons ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons so'nggi bor 2020 yilning 9 fevralida Dominik Reyesga qarshi jang qilgan edi. Frensis Ngannu esa shu yilning 22 yanvarida Siril Ganga qarshi so'nggi jangini o'tkazgan edi.
Avvalroq, Jon Jonsning navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazmoqchiligi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar