27 sen 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons: “Odamlar Joshua yoki Uaylderga qarshi jangimni istashyapti”
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jon Jons rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Jonsning so'zlariga qaraganda, muxlislar uning boks bo'yicha superog'ir vaznda jahon chempionlari bo'lib turgan Deontey Uaylder yoki Entoni Joshua bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazishlarini talab qilishgan.
“Eshitishimcha, keyingi raqibim Aleksandr Gustafsson bo'lar ekan. Ko'pchilik Gustafsson bilan ilk jangimizda meni yutqazgan deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Teng kurashlar ostidagi jang bo'lgani uchun ular shunday fikrdalar.
“Keyin muxlislar Velaskes, Ngannuga qarshi UFC janglarimni, boks qoidalari asosidagi Entoni Joshua yoki Deontey Uaylderga qarshi kechadigan bahslarim o'tkazilishini istashyapti. Bu orqali yaxshigina pul ishlab olish ham mumkin”, - dedi Jons.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar