17 iyu 14:30
Yangiliklar
Jon Jons Rossiya fuqaroligini olish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi
— Jon, IBA bilan hamkorligingiz va Rossiyaga tez-tez tashrif buyurayotganingizni hisobga olsak, Roy Jons kabi Rossiya fuqaroligini olish haqida o'ylab ko'rganmisiz?
— Hozircha bu meni havotirga solmayapti. Odamlar doim: «Rossiyada xavfsizmi?» deb so'rashadi. Men esa: «Do'stim, Rossiyadan xavfsizroq joy yo'q», deb javob beraman.
Rossiya juda katta mamlakat. Turli hududlar, turli xalqlar bor. Bazan bir hudud vakillari boshqalar bilan kelisha olmaydi. SHunday vaziyatlarda barchani birlashtirish va kelishtirish juda katta ahamiyatga ega. Bu jarayonning bir qismi bo'lish men uchun qiziq.
Rossiyalik jangchilarning Amerikaga kelib, o'z ehtirosi va mahoratini namoyish qilishi menga yoqadi. Amerika muxlislari ham ular nimalarga qodir ekanini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lyapti", — dedi Jons Ring Magazine YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar