17 iyu 17:53
Yangiliklar
Jon Jons Usik bilan ehtimoliy boks jangi haqida gapirdi
— Hozir Usik bilan boks jangi o'tkazish siz uchun qiziqmi?
— Yo'q, — dedi Jons kulib. — Usik — Usik. U og'ir vazn tarixidagi eng buyuk bokschilardan biri. Men uning kurash bilan ham shug'ullanishini va bu jihat tayyorgarligining muhim qismi ekanini bilaman. Balki shuning uchun ham klinchda juda kuchlidir.
Agar Usik jang mahoratini namoyish etmoqchi bo'lsa, men uning raqibi bo'lishim mumkin. Ammo men faqat qo'llar bilan jang qilishni yoqtiradigan sportchilardan emasman.
SHu bilan birga, og'ir vazndagi bokschilar orasida MMA jangchilariga eng katta raqobat tug'dira oladigan sportchi aynan Usik deb hisoblayman. Ammo men bokschi emasman va Usikni universal jangchi deb ham aytmagan bo'lardim. Agar ikkimizni bir xonaga qamab qo'yishsa, nima bo'lishini hamma yaxshi biladi", — dedi Jons.
Fikrlar