14 avg 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasidagi jang qachon bo'lishi malum
Ikki sobiq UFC chempionlari Jon Jons va Stipe Miochich o'rtasidagi uzoq kutilgan jang qachon bo'lishi malum.
Bahs yilning so'nggi raqamli turniri - UFC 282 kechasida bo'lib o'tadi. UFC 282 kechasi 10 dekabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi.
Malumot uchun, 34 yoshli Jon Jons so'nggi jangini 2020 yilning fevral oyida o'tkazgandi. O'shanda u yarimog'ir vazndagi UFC chempionlik kamarini Dominik Reyesdan himoya qilgandi. 39 yoshli Stipe Miochich esa o'tgan yilning mart oyida Frensis Ngannuga nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar