03 okt 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/46146_220.jpg)
Joshua aprel oyida Uaytga qarshi jang o'tkazadi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua 2019 yilning aprel oyida London shahridagi “Uembli” stadionida jang o'tkazadi.
Bu malumotni britaniyalik taniqli promouter Frenk Uorren ham tasdiqladi. Lekin Joshua avvaldan aytilganidek, 1 dekabr kuni o'tkaziladigan WBC chempioni Deontey Uaylder hamda Tayson Fyuri o'rtasidagi jang g'olibi bilan aynan aprelda to'qnash kelmaydi.
Uorrenning aytishicha, Entoni Joshuaning jamoasi aprel oyida Dillian Uayt bilan takroriy jang o'tkazish bo'yicha kelishib olgan. Bu malumotni Uaytning promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Joshua 2015 yilda Dillianni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar