23 sen 02:19
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45572_220.jpg)
Joshua - Povetkin chempionlik jangi etti raund davom etdi
London shahridagi muhtasham "Uembli" stadionida professional boks oqshomi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida WBA (Super), WBO, IBO va IBF yo'naishlari chempioni britaniyalik 28 yoshli Entoni Joshua hamda rossiyalik 39 yoshli davogar Aleksandr Povetkin o'rtasida bo'lib o'tdi.
Jangning birinchi raundini Povetkin juda yaxshi tempda o'tkazdi. Keyingi raundlarda Joshuaning ustunligi sezilib turdi. Ettinchi raundda Entonining o'ng qo'lda yo'llagan kuchli zarbasi Povetkinni muvozanatdan chiqardi. Keyingi zarbadan keyin esa Aleksandr nokdaunga uchradi. Referi esa bu vaziyatda jangni to'xtatdi. Joshua yana bir bor chempionlik kamarini himoya qildi.
Havola :
Fikrlar