21 sen 18:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45483_220.jpg)
Joshua Povetkindan 11 kilogramm og'ir chiqdi
Xabaringiz bor, ertaga Londonda superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun mazkur to'qnashuv oldidan vazn o'lchash marosimi o'tkazildi.
Unga ko'ra, britaniyalik bokschi raqibidan 11 kg og'irroq chiqdi. Joshua 111,8 kg, Povetkin esa 100,7 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur jang oqshomida hamyurtimiz SHahram G'iyosov nikaragualik raqibga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar