14 iyu 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua Sky Sports telekanalini boshqasiga almashtirdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Sky Sports telekanali bilan shartnomani uzaytirmadi.
Britaniyalik bokschi DAZN strimming-serviz kompaniyasi bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar elon qilindi.
So'nggi yillarda Joshuaning janglarini Sky Sports telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda translyaciya qilib kelayotgandi. Entoni so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazgandi. "Tottenxem" klubiga tegishli stadionda o'tgan o'sha jangda u ukrainalik Aleksandr Usikka ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Britaniyalik 32 yoshli bokschining Usikka qarshi revansh jangini aynan DAZN pullik PPV tizimida translyaciya qiladi. Ushbu jang katta ehtimol bilan avgust oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar