24 may 10:03
Yangiliklar
![](/upload/storage/39215_220.jpg)
Joshuaning promouteri: Uaylder bo'lmasa, Povetkin!
Agar britaniyalik bokschining jamoasi WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder bilan kelisha olmasa, u holda WBA kamariga rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkinga qarshi himoya jangini o'tkazadi. Bu malumotni Joshuaning promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi.
“Aleksandr Povetkinning jamoasi bilan muzokara davom etyapti. Rossiyalik bokschi rasmiy davogar. Lekin biz birinchi navbatda Uaylder bilan jang tashkil qilishni maqsad qilganmiz. Agar Deontey bu jangga rozilik bermasa, u holda Joshuaning keyingi raqibi aniq Povetkin bo'ladi”, — dedi Xirn The Telegraph nashriga bergan intervyusida.
Xirnning so'zlariga ko'ra, Joshua har qanday holatda ham navbatdagi jangini Buyuk Britaniya hududida o'tkazadi. Hozirda “Uembli” (90 000 tomoshabin), “Tvikeney” (82 000) hamda “Olimpiko” (60 000) stadionlari varianti jang manzili sifatida ko'rib chiqilyapti.
Fikrlar