24 sen 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning raqibini muxlislar aniqlab berishadi, Entoni ularga uch nomzod taklif qildi
Superog'ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua navbatdagi raqibini muxlislar aniqlab berishi istayapti.
U shu maqsadda o'zning Tvitter rasmiy sahifasida ovoz berish jarayonini yo'lga qo'ydi. Joshua uchta variant taklif qildi: WBC chempioni Deontey Uaylder, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamda yana britaniyalik bokschi Dillian Uayt.
Joshua 2015 yili aynan Uaytni mag'lubiyatga uchratib, faoliyatidagi ilk chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Uaylder va Fyuri esa 1 dekabr kuni o'zaro jang o'tkazishadi. Hozircha so'rovnomada Uaylder etakchilik qilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar