24 iyu 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA
"Juda yaxshi mashq". Nurmagomedov qanday qilib "elkaga ishlayotganini" ko'rsatdi + VIDEO
Engil vaznda UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga mashg'uloti aks etgan yangi video joyladi.
Xabibning so'zlariga ko'ra, toshlar 24 kg og'irlikda. U bu natijaga erishish uchun 15 martadan 5 bor tosh ko'targan.
"Elka uchun juda yaxshi mashq", - deya videoni izohlagan Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov faoliyatidagi so'nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida, Jastin Getjiga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Xabib o'zining Eagle FC ligasi hamda Zabit Magomedsharipovning faolityani yakunlash qaroriga munosabat bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar