30 avg 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamarlarini Ahmadalievga boy bergan Daniel Roman faoliyatini yakunlashini elon qildi
Amerikalik professional bokschi Daniel Roman faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini malum qildi.
"Boksdan ketayotganimni rasman elon qilaman. Jamoamga, promouterlar, homiylar, OAV xodimlari va butun dunyo bo'ylab muxlislarga so'nggi 12 yil ichidagi qo'llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudoga shukr", - deb yozdi Roman Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning yanvar oyida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev aynan Daniel Romanni mag'lubiyatga uchratib, birinchi yarim engil vazn toifasidagi WBA va IBF kamarlarini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : twitter.com/teamromanboxing
Fikrlar