10 okt 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman nima uchun Pereyra va Ankalaev o'rtasidagi uchinchi jangni tashkil etish kerakligini aytdi
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman Magomed Ankalaev va Aleks Pereyra o'rtasidagi uchinchi jang tashkil etilishi kerak deb hisoblaydi.
"Odamlar g'alaba qozonishganda, biz jiddiy jarohatlar haqidagi gaplarni eshitmaymiz. Biz Pereyraning kamarni yo'qotganini, keyin nimalar bo'lganini ko'rganmiz. Endi Ankalaev ham o'z kamaridan mahrum bo'ldi.
SHuning uchun, uchinchi jangda nima bo'lishi jangchilarning o'ziga bog'liq. Siz o'zingizni nazorat qilishingiz va eng yaxshi formada jangga etib kelishingiz kerak.
Oq uydagi turnir iyun oyida o'tkaziladi. Pereyra sakkiz oy kutishga tayyormi? Men ularning trilogiyasini jon deb tomosha qilgan bo'lardim", - dedi Usman.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar