08 avg 18:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman ukasining g'alabasiga munosabat bildirdi
Vazn toifasidan qatiy nazar UFC'ning eng yaxshi jangchisi Kamaru Usman ukasi Muhammadning TUF'ning 30-mavsumi finalidagi g'alabasiga munosabat bildirdi.
"G'ururdanda kattaroq tuyg'u. Tabriklayman, Mohammed", - deb yozgan Kamaru ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Usman UFC Vegas 59 turniridan o'rin olgan The Ultimate Fighters finalida Zaka Pauguni nokautga uchratgan edi. Kamaruning o'zi so'nggi bor o'tgan yilning noyabr oyida Kolbi Kovingtonga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, aka-uka Usmanlarning UFC tarixidan o'rin olgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar