01 iyu 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Kambosos matbuot anjumaniga kamarsiz keldi
Jorj Kambososning mutlaq chempionlik jangi oldi matbuot anjumaniga kamarlarisiz kelgani Devin Xeynini g'azablantirdi.
5 iyun kuni engil vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun WBA, WBO, IBF kamarlari sohibi Jorj Kambosos hamda WBC kamari egasi Devin Xeyni o'rtasida bahs bo'lib o'tadi. Kambosos matbuot anjumaniga kamarlarini olib kelmadi, bu esa Xeynining jahlini chiqardi.
"Agar kamarni olib kelmasang, bu erda nima qilyapsan? Biz kamar uchun kurashyapmizmi? Hukumat hamma kamarlar uchun pul ajratmadimi? OAV esa bu erga ikki jangchi o'rtasida mutlaq chempionlik bahsi bo'ladi deb kelmaganmi? Nega kamarni olib kelmading?", dedi Xeyni.
Kambosos Xeynini ishontirdi: "Tez orada kamarni ko'rasan".
"Ahmoq masharaboz", - deb javob qaytargan Xeyni.
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar