11 iyu 17:17
Yangiliklar

Kamonchilarimizning so'nggi licenzion turnirdagi tarkibi aniq
Takidlash joiz, bu mazkur sport turida Olimpiada yo'llanmalari o'ynaladigan so'nggi start hisoblanadi. O'zbekiston kamondan otish federaciyasi unda ishtirok etadigan merganlarimiz nomini elon qildi.
Unga ko'ra, jamoaviy va yakkalik dasturlaridagi yo'llanmalar o'ynaladigan musobaqada 6 nafar merganimiz ishtirok etadi. Ular orasida Yao Yuy CHen ism-sharifli merganni ham ko'rishimiz mumkin. Surishtirib ko'rsak, uning millati xitoylik ekan. Darvoqe, 2005 yil Toshkentda tug'ilgan Yao o'zbek tilida gaplasha oladi.
Terma jamoa tarkibi:
Erkaklar: Amirxon Sodiqov, SHohjahon Abdulhamidov, Yao Yuy CHen;
Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Jasmina Nurmanova.
Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz tarkibida Ziyodaxon Abdusattorova Osiyo licenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali o'zbek sporti tarixida birinchi bor yakkalik dasturida yo'llanma qo'lga kiritib ulgurgan.
Fikrlar