11 may 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo - Bivol revanshining ehtimoliy sanasi malum
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jaxon chempioni Saul Alvares, yarimog'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi jang o'tkazdi va rossiyalik bokschi hakamlar qarori bilan raqibini sensacion tarzda mag'lub etgandi.
Mashhur promouter Eddi Xirn meksikalik bokschining iltimosiga ko'ra, revansh o'tkazishi mumkinligini aytdi.
Xirn bu jang shu yilning kuzida bo'lib o'tishini takidladi.
"Nima bo'lishini ko'ramiz. Agar Kanelo revansh bo'lishini xohlasa, 17 sentyabr kuni jang qilamiz. Bu juda qiziqarli bo'ladi. Kanelo bunday vaznda bo'lmasligi kerak. Lekin, Alvares bu qiyinchilikni o'z zimmasiga oldi. Gap shundaki, Kanelo Bivol bilan revansh bo'lishini xohlaydimi yoki super o'rta vaznda chempionlikni himoya qilishni? Menimcha, u revanshni xohlamoqda. CHunki Kaneloni yaxshi bilaman va bu ajoyib jang bo'lishiga ishonaman", — deya Xirnning so'zlarini keltiradi iFL TV.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar