22 sen 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo - Golovkin trilogiyasida qancha pulli translyaciya sotilgani malum
BJ Penn nashrining xabar berishicha, qozog'istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares o'rtasidagi trilogiya jangi pulli translyaciya bo'yicha kutilgan natija bermagan.
DAZN striming tizimi hisob-kitoblariga ko'ra jang translyaciyasi 600 mingdan ziyod sotilishi kerak bo'lgan. Lekin yakuniy ko'rsatkich taxminan 550-575 ming xaridni tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, jang 18 sentyabr kuni Las-Vegas (AQSH, Nevada shtati) shahrida tashkil etilgan boks oqshomi doirasida bo'lib o'tgandi. Asosiy jangda Saul Alvares Genaddiy Golovkinni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar