02 okt 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Kaneloga bir nechta telekanallardan takliflar bor
Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi prezidenti Erik Gomes o'rta vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni Saul “Kanelo” Alvaresga bir nechta mashhur telekanallardan taklif bo'layotganini malum qildi.
SHu kungacha Alvaresning janglarini Amerikaning NVO telekanali translyaciya qilib kelayotgandi. Lekin ushbu telekanal rahbariyati o'tgan hafta kelasi yildan boshlab boks janglari translyaciya qilinmasligini oshkor etdi.
“Bizga etarlicha takliflar bo'lyapti. Tez kunda Oskar De La Xoyya bilan uchrashib, bu masalani hal qilib olishimiz kerak”, - dedi Gomes.
Avvalroq, meksikalik bokschining 15 dekabr kuni ringga ko'tarilishi mumkinligi xabar qilingandi. Agar ushbu sanaga mo'ljallanayotgan jang amalga oshsa, u holda NVO telekanali Alvares ishtirokidagi mazkur bahsni translyaciya qiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar