07 iyu 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Kaneloning murabbiyi: "Bivolni mag'lub etishga yaqin edik"
Meksikalik bokschi Saul Alvaresning murabbiyi Eddi Reynoso may oyida Dmitriy Bivolga qarshi bo'lib o'tgan jangni esladi.
"Yaxshi tayyorgarlik ko'rib, yaxshi jang o'tkazishimiz (revansh nazarda tutilmoqda) kerak. Biz bu jangda g'alabaga yaqin edik, deb o'ylayman. Lekin so'nggi ikki raudni boy berdik, bu esa jangdagi mag'lubiyatimizga olib keldi.
Yaxshilab tayyorlansak, g'alaba qozonishimizga shubha yo'q. Yarimog'ir vaznda jang qilishga rozi bo'lib, ustunlikni yo'qotdik. Bivol jangda ustun edi", - deya Reynosoning so'zlarini keltiradi Fight Hub TV YouTube kanali.
Malumot uchun, Bivol va Alvares o'rtasidagi ilk jang 8 may tongida bo'lib o'tgan edi.
Avvalroq, Saul Alvaresning IBF kamariga majburiy davogar malum bo'lgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar