16 noy 20:01
Yangiliklar

Kaneloning murabbiyiga Joshuani Usik bilan revansh jangiga tayyorlash taklif qilingan
O'tgan oy Joshua Qo'shma SHtatlarga kutilmagan tashrif qildi. U shtatlardagi eng yaxshi mahalliy mutaxassislarning sport zallariga bordi. Mazkur zallarning biridagi boks murabbiyi – Ronni SHilds o'zini Joshuaning yangi murabbiyi deb elon qilinishini kutdi. Britaniyalik promouter Eddi Xirn dastlab Joshuaning yangi murabbiy topish istagiga qarshi chiqdi, ammo keyinchalik rozi bo'ldi.
Reynoso insayder Maykl Bensonga o'zi o'ylayotgan taklif bo'lganini aytdi: «Kanelo Alvaresning murabbiyi Eddi Reynoso sobiq chempionni Aleksandr Usikka qarshi revansh jangiga tayyorlash borasida Eddi Xirn va Entoni Joshua bilan dastlabki muzokaralar olib borganini aytdi», - deydi insayder.
Bensonga ko'ra meksikalik murabbiy «Joshuada juda ko'p jismoniy fazilatlar bor, menimcha, u bularning barchasidan foydalanmaydi», - deya fikr bildirgan.
Fikrlar